30/08/2026
🚨Professionallarga psixologik hujum va unga munosib javob
🖥Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa professional sohalarda, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, natija ko‘rsatuvchi mutaxassislarga nisbatan yashirin yoki ochiq “psixologik hujumlar” ko‘payib bormoqda. Bu bejiz emas. Muvaffaqiyatli inson har doim atrofdagilarga (ko‘pincha ongsiz ravishda) ularning nochorligi va kamchiliklarini aks ettirib qo’yadi, bu esa ularda agressiv himoya mexanizmini uyg‘otadi.
📎Manipulyatorning maqsadi oddiy — sizni muvozanatdan chiqarish, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirish va natijada sizni boshqarish mumkin bo‘lgan holatga keltirish. Igor Rizovning “📖Psixonayranglar” kitobida bunday hujumlarni qanday aniqlash va ularga ilmiy, psixologik asoslangan, mantiqiy javob berish bo‘yicha aniq algoritmlar keltirilgan.
⚠️Manipulyatorning eng sevimli quroli: “Qadrsizlantirish” 📉
Bu eng keng tarqalgan va xavfli usul. Uning mohiyati — sizning shaxsingiz yoki mehnatingizning ahamiyatini pasaytirishga urinishdir.
Kitobda keltirilgan misollardan:
🗣 “Men sizni professional deb o‘ylagandim, lekin siz faqat o’zingizni shunday ko’rsatar ekansiz.”
🗣 “Bilasizmi, men sizning mahsulotlaringizni sinab ko‘rdim, ular unchalik sifatli emas ekan.”
🗣 “Bloger — shu ham ishmi? Nima, siz odamlarni pul uchun aldayapsizmi?”
Bu iboralar sizning o‘zingizga bo‘lgan bahoingizning poydevorini — “Men professionalligimni bilaman” degan ishonchni sindirishga qaratilgan.
🔒Psixonayrangcha javob: Qanday qilib vaziyatni o‘z foydangizga hal qilasiz? 🧠
Bunday hujumlarga nisbatan eng yaxshi strategiya — ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tibor bermaslik, ya’ni “ignorat qilish” va suhbatni o‘zingizga kerakli o‘zanga yo‘naltirishdir. Buning uchun Igor Rizov ikki bosqichli algoritmga amal qilishni tavsiya etadi:
🧠Chuqur nafas oling va unga e’tibor bermang. Hissiyotga berilmang, bu ularning istagi.
🧠Professional ekanligingizni aniq ta’kidlang. O‘zingizni oqlamang, shunchaki faktni bayon qiling.
⭐️O‘z ishining ustasi bo‘lgan inson o‘z qadrini biladi. Boshqalarning qadrsizlantiruvchi iboralari sizning haqiqiy qiymatingizga ta’sir qilmaydi, aksincha, bu manipulyatorning zaifligini ko‘rsatadi.