TG Pay & Shop

TG Pay & Shop Ishonchli moliyaviy yechimlar. Kredit xizmatlari, foydali maslahatlar va yangiliklar uchun biz bilan bog'laning.

02/08/2026
♟️TG Pay & Shop xodimlarining farzandlari o‘rtasida anʼanaviy shaxmat musobaqasi tashkil etildi.  3 yosh toifasida g‘oli...
02/08/2026

♟️TG Pay & Shop xodimlarining farzandlari o‘rtasida anʼanaviy shaxmat musobaqasi tashkil etildi. 3 yosh toifasida g‘oliblar aniqlanib ularga sovg‘alar va medallar taqdim etildi.
🇺🇿 Eng qiziq va hayajonli onlar esa, bolajonlarning shaxmat ustasi Nodirbek Abdusattorov bilan uchrashuvi bo‘ldi. Chempion bilan dona surish ularning hayotida unutilmas xotira bo‘lib qolishi shubhasiz!
Bank xodimlarining farzandlari shuningdek bosh ofis binosi bo‘lylab sayr qildilar. Innovatsion kutubxona, ota-onalarining ish sharoitlari bilan ham tanishish ularga zavq bag‘ishladi.

📊TG Pay & Shop’ning Xalqaro Fitch Reytingidagi o’rni “ijobiy”ga o’zgardi!🌏 Xalqaro moliya bozorida o‘z mavqeyimizni must...
02/08/2026

📊TG Pay & Shop’ning Xalqaro Fitch Reytingidagi o’rni “ijobiy”ga o’zgardi!

🌏 Xalqaro moliya bozorida o‘z mavqeyimizni mustahkamlashda davom etamiz. Nufuzli Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi bankning uzoq muddatli emitent defolti reytingini “BB” darajasida tasdiqladi va uning kutilmasini (prognozini) «Barqaror»dan «Ijobiy»ga «Positive» o‘zgartirdi. Ushbu ijobiy o‘zgarish O‘zbekiston suveren reytingi kutilmasining yaxshilangani hamda davlat tomonidan bankka ko‘rsatilayotgan kuchli moliya va kapital ko‘magi bilan bevosita bog‘liqdir.

Xalqaro hamkorlikda yangi qadam! TG Pay & Shop va Osiyo taraqqiyot banki (ADB) hamkorligida amalga oshirilayotgan ESG (E...
02/08/2026

Xalqaro hamkorlikda yangi qadam!
TG Pay & Shop va Osiyo taraqqiyot banki (ADB) hamkorligida amalga oshirilayotgan ESG (Environmental, Social and Governance – ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) salohiyatini oshirish va tatbiq etish dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Shu munosabati bilan TG Pay & Shop Bosh ofisida sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda TG Pay & Shop boshqaruvi raisi Kammuna Irisbekova, bank boshqaruvi a’zolari hamda Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha xususiy sektorni rivojlantirish mintaqaviy rahbari Enriko Pinali ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro tegishli hujjatlar imzolandi va dasturning navbatdagi bosqichiga rasman start berildi.
Ushbu tashabbus TG Pay & Shopning ESG tamoyillarini o‘z strategiyasi, risklarni boshqarish tizimi va biznes jarayonlariga chuqur joriy etish, shuningdek, O‘zbekistonda barqaror moliyalashtirishni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarining muhim qismidir.
TG Pay & Shop Osiyo taraqqiyot bankiga ko‘rsatilgan ko‘mak, ekspertlar tajribasiga asoslangan samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi. Bank kelgusida ham ESG transformatsiyasi yo‘nalishidagi ishlarni davom ettirib, barqaror moliyalashtirish tashabbuslarini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

TG Pay & Shopda pul oʻtkazmalari toʻliq onlaynga oʻtmoqda!Hurmatli mijozlar! Bank xizmatlarini raqamlashtirish hamda mij...
02/08/2026

TG Pay & Shopda pul oʻtkazmalari toʻliq onlaynga oʻtmoqda!

Hurmatli mijozlar! Bank xizmatlarini raqamlashtirish hamda mijozlarimizga yanada tezkor va zamonaviy masofaviy xizmatlar koʻrsatish maqsadida, 2026-yil 13-iyuldan boshlab TG Pay & Shopning barcha Hududiy kompleks xizmatlar koʻrsatish markazlari va universal kassalari orqali xalqaro va mahalliy pul oʻtkazmalari tizimlari orqali pul joʻnatish va qabul qilish toʻliq toʻxtatilishini maʼlum qilamiz.

Ushbu xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlaridan bankning Zoomrad mobil ilovasi orqali uydan chiqmagan holda, onlayn tarzda qulay va xavfsiz foydalanishda davom etishingiz mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Biz siz uchun eng qulay raqamli yechimlarni yaratishda davom etamiz!

Mikroqarzni vaqtidan oldin yopdingizmi? Sug‘urta pulingizni qaytarib oling!Onlayn mikroqarzni muddatidan oldin to‘liq to...
02/08/2026

Mikroqarzni vaqtidan oldin yopdingizmi? Sug‘urta pulingizni qaytarib oling!

Onlayn mikroqarzni muddatidan oldin to‘liq to‘lasangiz, sug‘urta uchun to‘langan pulning foydalanilmagan qismidan 80% gacha qaytarib olishingiz mumkin.

Buning uchun quyidagilarni amalga oshiring:

1. Bankka borib, qarz to‘liq yopilgani haqida ma’lumotnoma oling;
2. Sug‘urta kompaniyasi ofisiga borib, ariza yozing (bank ma’lumotnomasini ilova qilasiz);
3. Pulni kartangizga qabul qiling (ko‘pi bilan 15 ish kunida tushadi).

❗️Eslatma! Ushbu jarayon hozircha faqat oflayn tartibda, bank va sug‘urta ofisiga shaxsan borish orqali amalga oshiriladi.

Address

Dhaka

Telephone

+8801886462024

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when TG Pay & Shop posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to TG Pay & Shop:

Shortcuts

Share