Sof Asal

Sof Asal Assalomu alaykum va rohmatulloh. Eng sof asal ajoyib narxlarda! Cамый чистый мед по отличным ценам!

Toza asalni qanday farqlash mumkin? Mutaxassisdan oddiy maslahatAsalning shifobaxsh xususiyatlari haqida ko‘p esh*tganmi...
23/09/2020

Toza asalni qanday farqlash mumkin? Mutaxassisdan oddiy maslahat

Asalning shifobaxsh xususiyatlari haqida ko‘p esh*tganmiz. Ayniqsa, qish mavsumida vitaminlarga boy bu mahsulotga talab oshadi. Asalning shifobaxshligi uning tozaligiga bog‘liq. Afsuski, bozorlarimiz rastalari faqat toza asal bilan to‘lmagan. Ular orasida qiyomlari yoki qiyom aralashlari ham ko‘p. Bunday sharoitda toza asalni qiyomdan farqlab xarid qilishga to‘g‘ri keladi. Ammo toza asalni qanday farqlash mumkin? Buning sodda usullari bormi?

Bu haqda respublika asalarichilari uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan 2017-yildagi tanlovda eng sifatli asal nominatsiyasi g‘olibi Sarvar Murodov bir nechta maslahatlarni beradi:

Birinchidan, toza asalga diqqat bilan qarasangiz, tarkibida mayda zarralarni ko‘rasiz. Bu – gulchang zarralari. Qiyomda esa bunday zarralar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, asl asalni tatib ko‘rganingizda turli gullar hidi ufurib turadi.

Ikkinchidan, asal tarkibida organik kislotalari borligi uchun biroz tomog‘ingizni qirganday, achishtirganday bo‘ladi. Qiyom esa bunday xususiyatga ega emas.

Uchinchi farq esa, asalni bir qoshiqqa solib cho‘zasiz, normal haroratda toza asal cho‘ziluvchan bo‘ladi.

Asal o'zi nima?Asal yoki bol – ishchi asalarilar oʻsimliklar gulidagi shira (nektar)ni organizmida qayta ishlash yoʻli b...
23/09/2020

Asal o'zi nima?

Asal yoki bol – ishchi asalarilar oʻsimliklar gulidagi shira (nektar)ni organizmida qayta ishlash yoʻli bilan hosil qiladigan shirin suyuqlik. Asalarilar asalni uya kataklariga oʻzlari uchun oziq qilib gʻamlaydi. Asal oʻz tarkibiga koʻra nektardan farq qiladi. Asalda 80 % dan koʻproq uglevodlar (glukoza, fruktoza), 0,4 % kul, 13 – 20 % suv boʻladi. Asalda odam uchun foydali moddalarning 70 dan ortiq turi bor. Shuningdek, asalda mineral moddalar: kalsiy, natriy, kaliy va boshqalar; mikroelementlar, organik kislotalardan olma, limon kislotalari, vitaminlar (V2, V6, RR, C, E, K) borligi aniqlangan. Tabiatdan olinish manbasiga koʻra gul (nektar) va shira (oʻsimlik barglari va poyalaridan ajraladigan shira) asaliga boʻlinadi. Guldan olingan asal ham oʻsimlik turiga qarab beda, yantoq, kungaboqar, gʻoʻza va boshqalarga ajraladi. Asal oʻzining taʼmi, hidi, rangi jihatidan, shuningdek qaysi faslda qanday oʻsimlik gulidan yigʻilganligiga va joyi (togʻ, oʻrmon, vodiy)ga qarab ham farqlanadi. Eng yaxshi asal – togʻ asali, chunki u turli dorivor gullardan yigʻiladi. Oq akatsiya, beda, olma, shaftoli va boshqa oʻsimliklar gulidan toʻplangan asal ham sifatli, oftob kam tushadigan oʻrmon gullari va yetishtirishda turli zaharli dorilar sepiladigan texnika oʻsimliklari, masalan, kanopdan olingan asal ancha sifatsiz hisoblanadi. Asal mum kataklardan maxsus asal ajratkich moslamalar bilan ajratib olinadi. Asal qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, uning bir kilogrammida oʻrtacha 3200 kaloriya energiya bor. Asaldan tibbiyotda qadimdan dori-darmon sifatida foydalanilgan. Hozir farmatsevtika sanoatida turli dori-darmonlar ishlab chiqariladi. Asalning oʻzi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. XX asrning 60-yillaridan boshlab tibbiyotda asal bilan davolash usullari – apiterapiya shakllandi. Asal oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.

Bismillahir rohmanir rohiym.Assalomu alaykum va rohmatullohMusulmonlar va yurtdoshlarimizni ishonchli va sifatli, eng as...
22/09/2020

Bismillahir rohmanir rohiym.

Assalomu alaykum va rohmatulloh

Musulmonlar va yurtdoshlarimizni ishonchli va sifatli, eng asosiysi, sof asal mahsulotlari bilan doimiy ta'minlash maqsadida biz o'z ishimizni boshladik!

Address

Uchko'prik Tumani
Farg`ona
00000

Opening Hours

Monday 06:00 - 18:00
Tuesday 06:00 - 18:00
Wednesday 06:00 - 18:00
Thursday 06:00 - 18:00
Friday 06:00 - 18:00
Saturday 06:00 - 18:00
Sunday 06:00 - 18:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Sof Asal posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category