IqroNashr Books

IqroNashr Books O’zbekiston xalqiga ziyo ulashish uchun ochilgan online do’kon. Narx va sifat uyg’unligi
Aynan siz izlagan kitoblar

Nuriddin Yildiz: Bu ummatning qiziNuriddin Yildiz 1960 yili Turkiyaning Trabzondagi Of qishlog‘ida tug‘ildi. Qur’on hofi...
26/05/2022

Nuriddin Yildiz: Bu ummatning qizi

Nuriddin Yildiz 1960 yili Turkiyaning Trabzondagi Of qishlog‘ida tug‘ildi. Qur’on hofizligini va ilk diniy ta’limni otasi, bosh imom-xatib Hilmi Yildizdan oldi. Istanbul-Gaziosmanpasha imom-xatib litseyida о‘qiyotganda har hafta turli gazetalarda uning maqola va tarjimalari chop etila boshlandi. Shu bilan birga, imom-xatiblik kursini ham davom ettirdi. Imom-xatib litseyini tugatib, Marmara universitetining ilohiyot fakultetida bir semestr о‘qigach, Makkadagi Ummul Quro universitetida ilm tahsilini davom ettirdi. Bu yerda usuli fiqh bо‘limini tamomladi. Makkada bо‘lgan paytida hadis ustozlaridan dars va ijozalar oldi. Suriyalik muhaddis Abdulfattoh Abu G‘udda, hindistonlik olim Abul Hasan an-Nadviy va Usmonli ulamolarining sо‘nggi davr vakillaridan biri Mehmet Emin Sarach xо‘ja afandilar shunday ustozlardan edi. Istambulga qaytib kelganidan sо‘ng, о‘zi yashab turgan jamiyat hayotining ta’lim yо‘nalishiga yangiliklar kiritish payida bо‘ldi. Qur’on hofizligi va diniy ta’lim sohasi bо‘yicha turli muassasa va tashkilotlarda guruh mashg‘ulotlarini о‘tkazdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida о‘ziga xos izlanishlar olib bordi. Tarjimalar bilan bir qatorda mustaqil asarlar yoza boshladi.
О‘zini zamonaviy kо‘cha qizi emas, Madina madaniyatining о‘z davridagi vakili deb biladigan, hijobdan ilmgacha bо‘lgan barcha sohalarda ushbu ummatning qizi bо‘lish zaruratini Badrdagi mujohidlarning hayajoni ila amalga oshirishga intilgan muborak qizlarga... Tilingiz bilan duo qilganingizda yodingizdan chiqmaylik deb... Alloh uchun ter tо‘kkan paytingizdagi buyuk amallaringiz vasila bо‘lib, Alloh bizga rahmatlarini yog‘dirsin deY... Mana shunday qizlarga va suyukli qizimga...
Nuriddin Yildiz

Muqova: Qattiq
Narxi: 39.000
Sahifalari: 244 bet
Yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 (95) 009 03 09
- Telegram:
- Instagram: .books

Nega ayrim kompaniyalar yutuqlarga erishadi, boshqalar buning uddasidan chiqa olmaydi?Biz o'ratmiyonalikka, yaxshi bo'li...
14/05/2022

Nega ayrim kompaniyalar yutuqlarga erishadi, boshqalar buning uddasidan chiqa olmaydi?

Biz o'ratmiyonalikka, yaxshi bo'lishga ko'nikib qolganmiz. Buyuklikka yuksaklikka erisholmaymiz.

Oldinga yurishdan qo'rqamiz, shuning uchun kamchilikkagina buyuk taqdir va buyuk hayot nasib qiladi.

Jim Kollinz: Yaxshidan Buyukka

Erkinlik bu ikki karra ikki to'rt ekanligini ayta olishingdir.-Jorj Oruell: 1984
11/05/2022

Erkinlik bu ikki karra ikki to'rt ekanligini ayta olishingdir.

-Jorj Oruell: 1984

Tez k***a!!!Yangilik, Yangi asar!"Iqro-nashr" jamoasi navbatdagi   Bestseller,   Business Book of the year kitobi - Ray ...
10/05/2022

Tez k***a!!!
Yangilik, Yangi asar!

"Iqro-nashr" jamoasi navbatdagi Bestseller, Business Book of the year kitobi - Ray Dalio qalamiga mansub "Principles" kitobini mualliflik huquqini qo'lga kiritdi!
Tez k***a siz aziz kitobxonlarga ushbu kitobni ilk bor o'zbek tilida taqdim qilamiz!

"Iqronashr.Books" ni kuzatishda davom eting va yangiliklar bilan hamnafas bo'ling!

Berkutay Soysal: Kelmasang ham kutaman - Aytingchi, siz ham hech qachon kelmaydigan bir insonni intiq kutganmisiz? Bir k...
10/05/2022

Berkutay Soysal: Kelmasang ham kutaman

- Aytingchi, siz ham hech qachon kelmaydigan bir insonni intiq kutganmisiz? Bir kun kelib ketishi mumkinligi hatto tushingizga ham kirmagan insonning ortidan qо‘l silkitib qolganmisiz?
Men kelmaganni kutaman, uzoqdagi insonni sog‘inaman va azoblanganim sari yanada kо‘proq sevaman. Men ham ketmoqchi bо‘lganlarni tо‘xtatib qolishga urindim. Yо‘lini tо‘sib «Meni tashlab qayerga ketmoqchisan?» deb siquvga oldim. Biroq bundan hech narsa о‘zgarmadi. Ketishga qaror qilganni tо‘xtatib bо‘lmas ekan. Ehtimol, vaqtincha tо‘xtatishing mumkindir, ammo baribir qо‘lingdan chiqib ketadi. Alal oqibat men ham bu haqiqatga о‘zimni moslashtirdim, о‘sha k***an boshlab tark etganlarni va sira qaytib kelmaydiganlarni kutishni boshladim. Kelmasligini bilib turib kutdim.
Kutish bu - о‘z joningga suiqasd qilishdek bir xatodir. Va men bu xatoni anglaganimdan beri kutishga yanada mahkamroq bel bog‘ladim.

Muqova: Yumshoq
Narxi: 32.900
Sahifalari: 160 bet
Yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 (95) 009 03 09
- Telegram:
- Instagram: .books

"Iqro nashr" loyihasida yangilik!!!Sa'dulloh Oydin: O'limga kulib boqqan odamImomi A’zam hech kimga sezdirmay huzuriga k...
08/05/2022

"Iqro nashr" loyihasida yangilik!!!

Sa'dulloh Oydin: O'limga kulib boqqan odam

Imomi A’zam hech kimga sezdirmay huzuriga kelgan elchidan sо‘raydi: “Qanday qilib kо‘rinmay keldingiz? Elchi ishonch bilan nim tabassum ila dedi: “Gunohdan qoraygan qalblar, tongda g‘aflat uyqusidan qutulolmaydi».
“О‘limga kulib boqqan Odam” asari о‘z bilimini pul va hokimiyatga sotmaydigan olim Abu Hanifaning shonli kurashi haqida hikoya qiladi. Bu shahidlik bilan tugaydigan sharafli hayot romanidir.
“Agar solihlar zolimlardek о‘jar bо‘lmasalar, haqiqat о‘z о‘rnini t**a olmaydi” degan Imomi A’zamning haqiqat uchun kurashini yoritgan qо‘lingizdagi ushbu kitob mutolaasi xayrli bо‘lishini tilab qolamiz.

Muqova: Yumshoq
Narxi: 13.000
Sahifalari: 96 bet
Yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 (95) 009 03 09
- Telegram:
- Instagram: .books

Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadiMahsulot va g‘oyalarning tilga tushishi va ommalashuvi s...
07/05/2022

Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi

Mahsulot va g‘oyalarning tilga tushishi va ommalashuvi sababi nimada? Nega ba’zi ma’lumotlarni odamlar bir-biriga ulashadi? Nima uchun ayrim mish-mishlar epidemik xususiyatga ega? G‘oyalar qanday omillar tufayli “virus” kabi keng tarqaladi? Nima uchun ba’zi mavzular haqida kо‘proq suhbatlashamiz va unga oid ma’lumotlarni boshqalarga ulashamiz? Bu kabi savollar о‘z mahsulot, xizmat va g‘oyalarini keng ommalashtirishni istaydigan har bir tadbirkor, marketologlar, jurnalistlar, matbuot kotiblari, PR menejerlar va blogerlarni qiziqtirishi shubhasiz.
Ushbu kitobda Yona Berger ijtimoiy tarqaluvchanlik zamiridagi omillarni sodda va tushunarli tarzda bayon qilgan. Qо‘lingizdagi qiziqarli hikoyalar va keng qamrovli tadqiqotlar xulosalariga boy “Yuqumlilik” kitobi mahsuloti yoki g‘oyasi ommalashishini istagan har bir inson uchun muhim qо‘llanmadir.

Muqova: Qattiq
Narxi: 64.900
Sahifalari: 248 bet
Yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 (95) 009 03 09
- Telegram:
- Instagram: .books

Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlariAQShlik professor Kel Nyuportning «Diqqat: Chalg‘ituvchi ...
30/04/2022

Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari

AQShlik professor Kel Nyuportning «Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari» kitobi ilk marotaba о‘zbek tiliga tarjima qilindi. Kitob uchun oldindan buyurtma e’lon qilinmoqda.
Ishda, о‘qishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalg‘itadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun. Diqqatni jamlab, chalg‘imasdan о‘z faoliyati bilan shug‘ullanish muammoga aylangan zamonda professor о‘zining ilmiy asosga ega maslahatlari bilan sizga yordamga keladi.
Kitobda eng muhim mavzu, keraksiz kichik narsalarga chalg‘imasdan, diqqatni murakkab va muhim vazifalarga jalb qilish haqida yozilgan. Kitobda ta’kidlanishicha zamonaviy dunyoda diqqatini jamlab, bir vazifa ustida ishlay bilgan odamlargina haqiqiy yutuqlarga erisholadi.
Kitobni о‘qib turib, siz ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning bizning hayotdagi о‘rni va ahamiyati haqida о‘zingizga savollar berib boshlaysiz.

Muqova: Yumshoq + Futlyar(quti)
Narxi: 39.900
Sahifalari: 230 bet
Yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 (95) 009 03 09
- Telegram:
- Instagram: .books

Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlarBu foniy dunyo hayotini adolatli deb bо‘lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, sh...
30/04/2022

Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar

Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb bо‘lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yо‘q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat in’om etgan shaxsiy fazilatlari bilan bog‘lash tо‘g‘rimikin?
Malkolm Gladuell har doim mutloqo tasodif hisoblab kelingan muvaffaqiyatlarning zamirida yotgan yashirin qonuniyatlarni topgan birinchi insondir. Bu qonuniyatlar nega aksariyat buyuk xokkeychilar faqat yanvarda tug‘ilganligini va hech qachon oktabrda tug‘ilmasligini, nima uchun matematikani osiyolik talabalar boshqalardan kо‘ra osonroq о‘zlashtirishini, nega Nyu-Yorkning eng obrо‘li advokati bо‘lish uchun albatta yahudiy bо‘lish lozimligini tushuntirib beradi. Bu kitob Bill Geyts, «Bitlz» va Motsart kabi shaxslarni nima bog‘lab turishini hamda ular nega о‘z tengdoshlaridan о‘zib ketganligini kо‘rsatadi.
«Zukkolar va landavurlar» — «qanday qilib muvaffaqiyatli inson bо‘lish» bо‘yicha qо‘llanma emas. Bu siz о‘zingizga foydali tarzda foydalanishingiz mumkin bо‘lgan hayot qonuniyatlari olamiga zavqli bir sayohatdir.
Bir necha yil davomida “New York Times” va “Amazon” bestsellerlari rо‘yxatidan tushmagan ushbu kitobni kо‘plab mutaxassislar muvaffaqiyat haqidagi eng jiddiy kitob deb talqin etishgan.
Kitob talabalarga, о‘qituvchilarga, о‘quvchilarga, tadbirkorlarga, umuman muvaffaqiyat qonunlarini kashf etish, о‘z ishida professional bо‘lishni, biror bir sohani о‘rganishni xohlaydiganlarga tavsiya etiladi.

Muqova: Yumshoq + Futlyar(quti)
Narxi: 39.900
Sahifalari: 240 bet
Yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 (95) 009 03 09
- Telegram:
- Instagram: .books

Jeremi Dronfid: Otasining ortidan Osvensimga ketgan bolaVena, 1939 yil. Natsistlar politsiyasi oddiy hunarmand Gustav Kl...
27/04/2022

Jeremi Dronfid: Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola

Vena, 1939 yil. Natsistlar politsiyasi oddiy hunarmand Gustav Klyaynman bilan uning о‘g‘li Fripni hibsga olib, ularni Buxenvaldga jо‘natadilar. Mahbuslar u yerda qiynoq, ochlik va konslager qurilishi bо‘yicha tinkani quritadigan og‘ir mehnatdan azoblanadilar. Bir yil о‘tgach, ular orasidagi rishtalar og‘ir sinovga duchor bо‘ladi. Gustavni Osvensimga jо‘natadilar, bu esa, mohiyatan о‘lim hukmini bildirardi, Frits о‘z jonini asrash haqida о‘ylamasdan, otasining ortidan ketadi. Gustavning maxfiy k***alik daftariga asoslanib va arxiv materiallarini sinchkovlik bilan tadqiq etgan xolda, ushbu kitob ilk bor aql bovar etmas jasorat va Xolokost tarixida о‘xshashi bо‘lmagan tirik qolish voqeasini bayon etadi. "Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola" - odamlarda yaxshi va yomon jihatlar mavjudligi, yaqinlarning о‘zaro mehri hamda inson ruxining quvvatini eslatuvchi asardir.

Muqova: Qattiq
Narxi: 45.900
Sahifalari: 400 bet
Yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 (95) 009 03 09
- Telegram:
- Instagram: .books

Faoliyat yurita olmaydigan biznesga yuz foiz egalik qilsangiz nolning yuz foiziga egalik qilayotgan bo'lasiz- Alibaba Ja...
23/04/2022

Faoliyat yurita olmaydigan biznesga yuz foiz egalik qilsangiz nolning yuz foiziga egalik qilayotgan bo'lasiz

- Alibaba Jak Ma
bunyod etgan maskan

Filip Kotler: Marketing  A dan Z gachaMarketing sohasida jahonda taniqli bo‘lgan mutaxassis Filip Kotlerning mazkur kito...
23/04/2022

Filip Kotler: Marketing A dan Z gacha

Marketing sohasida jahonda taniqli bo‘lgan mutaxassis Filip Kotlerning mazkur kitobi millionlab rahbarlar va marketing bo‘yicha mutaxassislaring stoli ustidan munosib o‘rin egalladi. Unda hozirgi zamon sharoitlarida kompaniyalarning muvaffaqyati zarur bo‘lgan samarali marketingning 80 ta konsepsiyasi juda qisqa va lo‘nda qilib bayon etilgan. Bu kitob nafaqat vaqtlar sinovidan o‘tgan marketingning klassik usullari haqida, balki keyingi yillarda foydalanilayotgan innovatsion ishlanmalar haqida ham eng yaxshi tushunchalarni beradi.
Kitob biznesmenlar, barcha darajadagi marketing bo‘limi menedjerlari, shuningdek, talabalar uchun mo‘ljallangan.

Muqova: Qattiq
Narxi: 47.900
Sahifalari: 320 bet
Yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 (95) 009 03 09
- Telegram:
- Instagram: .books

Address

Tashkend

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when IqroNashr Books posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category