20/07/2026
📢 Rasmiy ma’lumot
Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
So’nggi paytlarda Eclado brendi nomi o’zgargani haqida turli ma’lumotlar tarqalmoqda.
Shuni rasman ma’lum qilamizki, Eclado brendining nomi o’zgarmagan.
1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Eclado o’zining original brend nomi ostida professional kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishda davom etmoqda.
Brendning nomi, qadriyatlari va sifati o’zgarishsiz saqlanib qolgan. Shu sababli, Eclado nomi o’zgargani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.
Sizlarga doimo original va sifatli mahsulotlarni taqdim etish biz uchun ustuvor vazifadir.
💙 Eclado — 1998-yildan buyon professional korea kosmetikasi.