24/05/2018
HTC kompaniyasi U12+ flagmanini rasman taqdim etdi. Gadjet HDR10 formatini qo'llab-quvvatlovchi qo'sh kameralar va eng oldi protsessor Snapdragon 845 bilan jihozlangan.
Flagmanda asosiy e'tibor kameralarga qaratilgan. Asosiy kamera 2-x kratli optik yaqinlashtirish, optik muvozanatlashtirish funksiyalariga, 4K video olish imkoniyatiga ega. Smartfon IP68 standarti asosida suv va changdan himoyalangan.
Ekran: Super LCD 6" 2280 х 1440 px
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845
Tezkor xotira: 6 Gb
Doimiy xotira: 64/128 Gb
Asosiy kamera: 12 MP + 16 MP
Oldi kamera: 8 MP + 8 MP
Akkumulyator: 3500 mAh, tez quvvatlash funksiyasi bor
OT: Android 8.0
Smartfonga AQSH va Yevopada quyidagi narxlarda oldindan buyurtma berish boshlandi: AQSH uchun Translucent Blue - $799/$849, Ceramic Black - $799 (bu rangda faqat 64 Gb ishlab chiqariladi); Yevropa uchun £700/€799 (64 Gb).