Medicover

Medicover ООО «Medicover» является официальным дистрибьютором Компании "Medtronic" в Узбекистане

03/09/2026

🔥 Murakkab koronar amaliyot

🫀 Yurakning koronar arteriyalaridagi ko‘p tomirli zararlanishlar va surunkali to‘liq okklyuziyalar (CTO) bor bemorda endovaskulyar usulda stentlash amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

⚡️Amaliyot Shox International Hospital klinikasida Avstraliyadan🇦🇺 tashrif buyurgan xalqaro ekspert, interventsion kardiolog, The Prince Charles Hospital yurak kateterizatsiyasi bo‘limi direktori Rustem Dautov va .intervention jamoasi tomonidan amalga oshirildi.

21/08/2026

🔥Murakkab neyrovaskulyar amaliyot!

⚡️“Neomed Cardio” klinikasida interventsion kardiolog Bunyod Karimov hamda 🇰🇿 Qozog‘istonlik oliy toifali neyrojarroh Berdixodjayev Minjilqi Saylauovich hamkorligida 47 yoshli bemorda bosh miya anevrizmasini embolizatsiya qilindi.

✅ Bemorda Medtronic kompaniyasining Pipeline Shield oqimni yo‘naltiruvchi stenti yordamida bosh miya anevrizmasini endovaskulyar yo‘l bilan embolizatsiya qilish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

☝🏼 Pipeline Shield — bu bosh miya anevrizmalarini davolashda zamonaviy yondashuv bo‘lib, u qon oqimini anevrizma bo‘shlig‘idan normal qon tomir yo‘liga yo‘naltiradi. Bu esa anevrizma ichidagi bosimni kamaytirib, uning tabiiy tarzda yopilishiga imkon yaratadi.

———————

🔥 Сложная нейроваскулярная операция!

⚡️ В клинике «Neomed Cardio» совместно с интервенционным кардиологом Бунёдом Каримовым и нейрохирургом высшей категории из 🇰🇿 Казахстана Бердахожаевым Мынжылкы Сайлауовичем была успешно выполнена эмболизация аневризмы головного мозга у 47-летнего пациента.

✅ Пациенту успешно выполнена эндоваскулярная эмболизация аневризмы головного мозга с использованием потокоперенаправляющего стента Pipeline Shield компании Medtronic.

☝🏼 Pipeline Shield — это современный метод лечения аневризм головного мозга. Он перенаправляет кровоток из аневризмы в нормальное сосудистое русло, снижая давление внутри неё и способствуя её естественному закрытию.

20/08/2026

🔥 O’mrov osti arteriyalarini stentlash amaliyoti!

📌 Bemor: 63 yoshda

🩺 Angiografiya diagnostikasi: O’ng o’mrov osti arteriyasida subtotal stenoz 99% aniqlandi. O’ng qo'lda qon bosimi aniqlanmadi.

📍 American Hospital

✅ Amaliyot: O‘ng o‘mrov osti arteriyasiga Medtronic kompaniyasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqarilgan Visi-Pro™ 10 × 27 mm stenti muvaffaqiyatli implantatsiya qilindi

👍 Amaliyot interventsion kardiolog Shahzod Eshmurodov tomonidan bajarildi.

13/08/2026

🔥 Koʻkrak aortasiga stent-graft implantatsiyasi

📌 Biz Shox Hospital’da oʻtkazilgan koʻkrak aortasini murakkab endoprotezlash operatsiyasi haqida soʻzlab beramiz. Bemorda oʻta xavfli asorat — anevrizma yorilishi yuz bergan edi. Biz ikkita stent-graft implantatsiya qildik, yorilgan joyni yopdik va chap oʻmrov osti arteriyasidagi qon oqimini saqlab qoldik. Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi, bemorning hayoti saqlab qolindi va u hozirda sogʻaymoqda.

🤝 Amaliyot tibbiyot fanlari nomzodi, endovaskulyar jarroh Anton Xilchuk boshchiligidagi .intervention jarrohlar jamoasi tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi. Barcha jarayon umumiy narkozsiz, mahalliy anesteziya ostida amalga oshirildi.

Bunday operatsiyalar Toshkent va Oʻzbekistonda mavjud boʻlib, Oʻzbekiston hamda xorijning tajribali jarrohlari tomonidan muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

06/07/2026

🔥 Uyqu arteriyalarini stentlash amaliyoti!

📌 Bemor: 82 yoshda

🩺 Ultratovush diagnostikasi: Chap uyqu arteriyasida 60-65% darajadagi stenoz va nostabil aterosklerotik pilakcha aniqlandi, emboliya xavfi juda yuqori. Qon oqimi tezligi: 165 mm/s

📍 Sinomed MD International Hospital

✅ Amaliyot: Chap uyqu arteriyasida Medtronic kompaniyasida (AQSH) ishlab chiqarilgan Protege RX karotid stenti (8х6–40 mm) yordamida stentlash amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

👍 Amaliyot endovaskulyar jarroh t.f.n. Anton Andreevich Xilchuk .uz jamoasi tomonidan bajarildi.

30/06/2026

⚡️ Murakkab neyrovaskulyar amaliyot!

🏥 Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi jarrohlari:
👨‍⚕️ T.F.D. Mahkamov Mahkam Kozimovich
👨‍⚕️ T.F.N. Tursunov Sardor Baxtinurovich
👨‍⚕️ Oliy toifali neyrojarroh Djalalov Farrux Ziyavutdinovich

hamda 🇰🇿 Qozog‘istonlik oliy toifali neyrojarroh Berdixodjayev Minjilqi Saylauovich hamkorligida:

🧠 Bemorda Bosh miya qon tomirida aniqlangan torayish intrakranial stentlash usuli yordamida muvaffaqiyatli kengaytiirldi.

✅ Intrakranial stentlash — miya tomirlaridagi torayishni minimal invaziv usulda davolash bo’lib, bu amaliyot orqali bemorda bosh miya qon oqimini tiklab, insult xavfini kamaytirish.

04/06/2026

🫀Yurak stimulyatsiyasida yangi davr!

🔥Medtronic kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Conduction System Pacing (CSP)" xalqaro oʻquv kursida mamlakatimizning yetakchi shifokor-aritmologlari faol ishtirok etib qaytishdi.

📍2026-yil 20-21-aprel kunlari, Astana shahridagi nufuzli "University Medical Center" (UMC) klinikasi.

🎓 Mashgʻulotlar tajribali proktorlar – UMC Aritmologiya boʻlimi rahbari Dr. Omirbek Nuralinov, kardioxirurg Dr. Yerlan Turubayev hamda xalqaro ekspert Dr. Nicolay Neminuschiy boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi.

💡 Kurs davomida aritmologlar LBBAP (Chap oyoqcha tarmogʻini stimulyatsiya qilish): Medtronic elektrodlari yordamida zamonaviy stimulyatorlarni xavfsiz va samarali implantatsiya qilish sirlari o'rgatildi. Shuningdek,murakkab va bradiaritmologik bemorlarda oʻtkazilgan operatsiyalarni bevosita kuzatish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Maxsus simulatorlarda va pat-modellarda elektrodni toʻgʻri burash (Screw-in) hamda asoratlarni oldini olish boʻyicha yuqori darajadagi amaliy koʻnikmalar bajardilar.

🇺🇿 Oʻzbekistonlik mutaxassislar eng soʻnggi CSP tushunchalari, EGM/EKG kriteriyalari va implantatsiya muvaffaqiyati koʻrsatkichlari boʻyicha eng ilgʻor bilimlarni oʻzlashtirdilar. Olingan ushbu jahon standartlaridagi tajriba tez orada yurtimizdagi yurak xastaliklari bilan ogʻrigan bemorlarimiz salomatligini tiklashda tatbiq etiladi!

05/05/2026

🔥 Murakkab koronar amaliyotlar

🫀 Yurakning koronar arteriyalaridagi ko‘p tomirli zararlanishlar va surunkali to‘liq okklyuziyalar (CTO) bor bemorlarda endovaskulyar usulda stentlash amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarildi.

⚡️Amaliyotlar Avstraliyadan🇦🇺 tashrif buyurgan xalqaro ekspert, interventsion kardiolog, The Prince Charles Hospital yurak kateterizatsiyasi bo‘limi direktori Rustem Dautov va Rossiyalik ekspert Anatolii Larionov hamda interventsion kardiolog Muzaffar Jo‘raliyev boshchiligidagi jamoa tomonidan amalga oshirildi.

🤝 Bu nafaqat amaliy muvaffaqiyat, balki tajriba almashinuvi va bilimlar integratsiyasining yorqin namunasi bo‘ldi.

Address

Улица 1-проезд Олмачи, д. 27
Tashkent
100060

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998951466867

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Medicover posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Medicover:

Shortcuts

Share