Qamar Nashriyoti

Qamar Nashriyoti 📚 Eng ko‘p o‘qilayotgan adabiyotlar homiysi
❤️‍🔥 Men, Hamza, Afv et Allohim, Yashamoq va boshqa 200 xil kitoblar
👀 Kitob do‘konlaridan so‘rang!

Badiiy kitoblar ko‘p, ammo eng sevimlilari sanoqli 📚🌷 “Motam qatrasi” asari ana shunday kitoblar sirasiga kirgan boʻlib,...
29/08/2026

Badiiy kitoblar ko‘p, ammo eng sevimlilari sanoqli 📚

🌷 “Motam qatrasi” asari ana shunday kitoblar sirasiga kirgan boʻlib, turk adabiyotining eng sara, kitobxonlarning sevimli romanlaridan biriga aylanib ulgurgan.

🔪 Kitobda faqatgina sirli qasos, usmoniylar imperiyasi davri siyosati haqida emas, balki muhabbat, visolga yetisholmagan va qotilni topishga ahd qilgan yigit haqida ham hikoya qilinadi.

🪶 So‘nggi varaqlarigacha fikr-u xayolingizni jalb eta oluvchi ushbu kitobni do‘konimizning ikkala filialidan ham topishingiz mumkin.

Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

Telefoningiz quvvatni tugatadimi yoki aksincha? Telefoningiz quvvatini to‘ldirish uchun zaryadlovchi kerak. Kayfiyatingi...
28/08/2026

Telefoningiz quvvatni tugatadimi yoki aksincha?

Telefoningiz quvvatini to‘ldirish uchun zaryadlovchi kerak. Kayfiyatingizni to‘ldirish uchun esa — yaxshi kitob. 📚

📖 Ba’zan atigi 20 daqiqa kitob o‘qishning o‘zi ham kun davomida yig‘ilgan charchoqni biroz unutishga, fikrlarni jamlashga va o‘zingizga vaqt ajratishga yordam beradi.

Bugun telefoningizni emas, o‘zingizni quvvatlash uchun 20 daqiqa ajrating. 📖

Sizning “quvvatingiz” nimadan to‘ladi? 👇

Kerakli insonga yuborib qo‘ying 👀Mening hisob-kitobim bo‘yicha… uyda kitoblar ko‘p emas. Shunchaki yana bittasi yetishma...
27/08/2026

Kerakli insonga yuborib qo‘ying 👀

Mening hisob-kitobim bo‘yicha… uyda kitoblar ko‘p emas. Shunchaki yana bittasi yetishmayapti. 😌

📚 Chunki yaxshi kitob hech qachon ortiqcha bo‘lmaydi. U insonni o‘zgartirishi, yangi savollar berishi va dunyoqarashini kengaytirishi mumkin.

Kitob qarzi bor insonga yuborib, shunchaki ishora qilib qo‘ying! 😉

🌹 Niyatingizga qarab savob olasiz...📚 Hano binti Abdulaziz Soniyning “Har kuni qanday savob topamiz?” asari kunlik hayot...
26/08/2026

🌹 Niyatingizga qarab savob olasiz...

📚 Hano binti Abdulaziz Soniyning “Har kuni qanday savob topamiz?” asari kunlik hayotda kichik ko‘ringan amallar orqali ajr va savoblarga erishish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi ma’rifiy-amaliy qo‘llanma hisoblanadi.

Asarda ta’kidlanishicha, “Har bir niyat — savob nuridir”. Inson to‘g‘ri niyat va ixlos orqali o‘zining har kunlik odatiy yumushlarini ham ibodatga va savob manbaiga aylantirishi mumkin.

🎀 Kitobda kundalik turmushda — oilada, ko‘chada, ish joyida bajariladigan oddiy harakatlar qanday qilib savobga aylanishi hayotiy misollar va hadislar bilan tushuntiriladi.

Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

Kuchli insonning kuchi uning irodasi va ruhiyatida seziladi!💡 Nevzat Tarxanning “Psixologik urush” asari inson ongi va j...
25/08/2026

Kuchli insonning kuchi uning irodasi va ruhiyatida seziladi!

💡 Nevzat Tarxanning “Psixologik urush” asari inson ongi va jamiyat psixologiyasini boshqarish usullari, propaganda yo‘llari hamda axborot asrida kishi ruhiyatini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan.

🌐 Muallif jamiyatni ichkaridan parchalash strategiyalari va elektromagnit to‘lqinlar orqali ongga ta’sir qilish kabi bahsli, ammo qiziqarli mavzularga ham to‘xtalib oʻtgan.

💥 Mazkur asar turli axborotlar oqimi ichida yashayotgan har bir zamonaviy insonning hayotga bo’lgan qarashlari, psixologik urushlardan himoyalanishida yordam beradi

Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

Samarqanddan dunyo sahnasigacha: Allomaning mashaqqatli yo‘li 🔭💫 Sharqning buyuk allomasi, falakiyotshunos va matematik ...
24/08/2026

Samarqanddan dunyo sahnasigacha: Allomaning mashaqqatli yo‘li 🔭

💫 Sharqning buyuk allomasi, falakiyotshunos va matematik Ali Qushchi hayotiga bag‘ishlangan “Ey ko‘ngil, pushaymonmisan?” asari tarixiy-biografik roman hisoblanadi

Asar markazida shox va buyuk munajjim Mirzo Ulug‘bekning suyukli shogirdi, Ulug‘bek ilmiy maktabining atoqli namoyandasi — Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy gavdalanadi.

📖 Ushbu roman olimning murakkab hayot yo‘li, ilm-fanga qo‘shgan beqiyos hissasi va boy ilmiy-ijodiy faoliyatiga nazar soladi.

Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

Devorlardan ko‘prik qura olgan xalq 💪🇿🇦 “Xalqdan chiqqan odam” zamonaviy Afrika adabiyotining otasi deb tan olingan yozu...
23/08/2026

Devorlardan ko‘prik qura olgan xalq 💪

🇿🇦 “Xalqdan chiqqan odam” zamonaviy Afrika adabiyotining otasi deb tan olingan yozuvchi Chinua Achebening eng mashhur romani hisoblanadi.

Asarda mustamlakadan keyingi jamiyatdagi siyosiy korrupsiya, ikkiyuzlamachilik va “xalq odami” niqobidagi rahbarlarning aynan xalq manfaatini oyoqosti qilishini o‘tkir satirik va achchiq haqiqatlar orqali ochib berilgan.

🔓 Bu faqat Afrikaga tegishli emas, balki har qanday jamiyatda uchraydigan xiyonat haqidagi achchiq, ammo zarur haqiqatdir.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

Insoniy qadr-qimmat va o‘zlikni saqlash sabog‘i ☂️🏠 “Ochlik” asari norvegiyalik mashhur yozuvchi, adabiyot bo‘yicha Nobe...
22/08/2026

Insoniy qadr-qimmat va o‘zlikni saqlash sabog‘i ☂️

🏠 “Ochlik” asari norvegiyalik mashhur yozuvchi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Knut Hamsun tomonidan yaratilgan va jahon adabiyoti durdonasiga aylangan psixologik roman.

Asarda qahramonning jismoniy ochlik bilan birga, jamiyatdan uzilib qolishi, ma’naviy va ruhiy iztiroblari, insoniy g‘ururini saqlab qolish uchun olib borgan kurashi mahorat bilan tasvirlangan.

🕯️ Roman markazida bosh qahramon dahshatli moddiy muhtojlikda va ochlikdan behush bo‘lish darajasida yashasa-da, insoniy qadr-qimmati va g‘ururidan voz kechmaydi. U sadaqa olishni rad etadi va o‘z hayotiy tamoyillarini saqlashga intiladi.

🌷 Ishonamizki, ushbu kitob siz uchun inson matonati, g‘ururi hamda qiyinchiliklar qarshisida o‘zligini yo‘qotmaslik haqidagi o‘yga to‘la, unutilmas asarga aylanadi.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

Kechirish, sevish va oilani anglash sabog‘i 🫂🚬 “Barchaning yarasi oiladir” asarida insonning ulg‘aygach uchraydigan ko‘p...
21/08/2026

Kechirish, sevish va oilani anglash sabog‘i 🫂

🚬 “Barchaning yarasi oiladir” asarida insonning ulg‘aygach uchraydigan ko‘plab ruhiy muammolari, xatolari va ichki iztiroblari ildizi bolalikda, aniqrog‘i oiladagi mehr yetishmovchiligida ekani ochib berilgan.

Ushbu romanning qahramoni mehrga va e’tiborga zor bo‘lib o‘sgan Ali ismli yigit boʻladi. U bolaligida boʻsh qolgan ruhiy bo‘shliqni katta hayotda tashqi dunyodan, noto‘g‘ri yo‘llardan qidiradi... 🖇

🌟 Bu asar har bir kitobxonni yaqinlariga e’tiborli bo‘lishga, o‘tmishni kechirishga va oilaning asl qadriga yetishga undaydi.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

Ba’zan bir qisqa jumla fikrlash tarzingizni buzib tashlaydi📚 Nassim Talebning “Prokrust yotog‘i” ana shunday qisqa, kesk...
20/08/2026

Ba’zan bir qisqa jumla fikrlash tarzingizni buzib tashlaydi

📚 Nassim Talebning “Prokrust yotog‘i” ana shunday qisqa, keskin va paradoksal fikrlardan iborat.

Muvaffaqiyat, tasodif, yozish, insoniy munosabatlar va hayot haqidagi tanish qarashlarga muallif butunlay boshqa rakursdan qaraydi.

❓ Bu kitob sizga tayyor javoblar bermaydi. Aksincha, “men bunga nega ishonaman?” degan savolni uyg‘otadi.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

Address

Tashkent

Opening Hours

Monday 08:00 - 20:00
Tuesday 08:00 - 20:00
Wednesday 08:00 - 20:00
Thursday 08:00 - 20:00
Friday 08:00 - 20:00
Saturday 08:00 - 20:00
Sunday 08:00 - 20:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qamar Nashriyoti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category